Davron Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Shavkat Mirziyoyev viloyat yangi rahbarining «harakatchanligi, bilimi va o‘z ustida ishlashini» ta’kidlab o‘tdi. «Bunday kadrlardan har bir viloyatda 4−5 tadan bo‘lganida edi, yana ancha rivojlanib ketardik. Ming afsuski yo‘q», — dedi u.
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov xizmat uyida svet o‘chganini ma’lum qildi. U hokimiyat farmoyishi bilan qarzdorlikni tugatishdan bosh tortganini aytdi. «Nega amaldor ishlatgan elektr byudjetdan, xalq pulidan qoplanishi kerak?», — dedi u.
Olmazor tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Rahmonov poytaxt hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Avvalroq, ushbu lavozimni egallab turgan Davron Xidoyatov Toshkent viloyatiga hokim bo‘lgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting